Новости

Chinoz tumani. Investitsion rivojlanish jarayonlariga nazar

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari holatini o‘rganib chiqdi.

♻️O‘rganish jarayonida deputat faoliyat olib borayotgan korxonalar, yangi investitsiya loyihalari hamda ularning iqtisodiy samaradorligi, ish o‘rinlari yaratish darajasi va amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

🔰Mazkur o‘rganish hudud rivojiga xizmat qiladigan investitsiya jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, deputat tomonidan aniqlangan masalalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 4