📌 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Kattaqo‘rg‘on tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Xusanov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Daminovning hisobotlari tinglanib, muhokama qilindi.
➡️ Yig‘ilish yakunida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.