🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi PF-163-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Barraj” mahallasi yoshlar yetakchisi U.Yuldashev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati B.Kamalov tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida:
sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muntazam mashg‘ulotlarini tashkil etish;
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar;
yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.