Guliston shaxar kengashi deputati Yu. Usmanova tomoniban Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati maskanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘rik natijalari asosida aholining extiyojmand qatlamiga jami 12 nafar ayollar, 18 nafar bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga vitaminga tuyintirilgan quritilgan sho‘rvalar, 12 xildagi dori-darmonlar tarqatildi. Shuningdek aholini tibbiy savodhonligini oshirish, sog‘lom oilalarni shakllantirish mavzusida shifokorlar tomonidan ma’ruzalar o‘qilib, targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi.