Новости

Последние новости

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Energiya samaradorligini ta’minlash va energetika sohasini rivojlantirish
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari kutubxonada
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputatlar mahallada
янв.21
Saylovchilar bilan chrashuv
янв.21
“2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mahalla yettiligi bialn uchrashuv

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga 16-“Imon ota” saylov okrugidan saylangan deputat Aliqulov Odiljon Mo‘minovich tomonidan “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida MFY yettiligi va aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Shodlik” MFY Besh yuz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Tuyakov Abdurashid ichki yo‘llarni asfalt qilish, yangi qurilgan uylarga elektr simyog‘ochlar (10 dona) o‘rnatish;

“Shodlik” MFY markazida istiqomat qiluvchi fuqaro Xakimov Abduali aholi tomorqasiga keluvchi oqar suv tizimni yaxshilash;

“Shodlik” MFY Uch tom aholi yashash punktida istiqomat qiluvchi fuqaro Irisaliyev Anorboy usatkaga o‘tish uchun ko‘prik qurish masalalarida murojaat qildilar.

Uchrashuvdan so‘ng deputat “Dolzarb 90 kunlik” doirasida 17-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi, kamchiliklar yuzasidan maktab ma’muriyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6