Xalq deputatlari tuman Kengashiga “2-Guliston” saylov okrugidan saylangan deputat N.Turdiyev va Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashiga “18-Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat X.Ishimovlar tomonidan “Yangi davr” MFY binosida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mahallada obodonlashtirish ishlarining holati haqida mahalla yettiligi bilan suhbatlashildi. Mahalladagi muammolar yechimlari bo‘yicha ishlar rejalashtirilib olindi.