Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Guldana Avezdurdieva hamda Mirobod tumani Kengashi raisi Mamanazarov Abduhakim Bozorovich Mirobod tumanidagi 1-oilaviy poliklinika va uning filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi "Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom
ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-88-sonli Farmoniga asosan mazkur poliklinikada xizmat ko‘rsatish to‘liq raqamlashtirilgan tizimga o‘tkazilgan bo‘lib, buning oqibatida aholiga xizmat ko‘rsatishda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilgan va bemorlarning navbatda turish holatlari bartaraf etilgan holda aholini rozi qilishga erishilmoqda.