"Adolat" SDP Bekobod shahar кengashi tomonidan joriy yilning 3-iyun kuni 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Xalq deputatlari shahar кengashi deputatlari G. Sharipova va U.Mirzakalonov ishtirokida shahar Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda mazkur muassasaning Qon quyish bo‘limida "Bor mehrimiz senga bolajon" nomli donorlik aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada partiya faollari va ko‘ngilli fuqarolar faol ishtirok etdilar. Mazkur aksiyaning maqsadi bemor bolajonlar, xususan onkologik va og‘ir kasalliklardan aziyat chekayotgan bolajonlar dardiga malham bo‘lish va ularni sog‘lom hayotga qaytarish ko‘zda tutilganligi bilan ahamiyatlidir.