Bugun tuman Kengashi deputatlari hamda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari bilan birgalikda "Uchturgon" mahallasida istiqomat qiluvchi Karimnazarovlar xonadonida mehmon bo‘lishdi.
Tashrif davomida Karimnazarovla oilasiga "Ibratli oila" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi.
Ushbu xonadon a'zolari ko‘p yillardan beri mahallada namunali hayot tarzini olib borib, yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Oilaning har bir a’zosi mehnatsevarligi, mehr-oqibatli va ahil hayoti bilan ajralib turadi. Farzandlari esa ta’limda va jamiyatda faol ishtiroki bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Bunday tashabbuslar mahallalarda sog‘lom muhit va mustahkam oilaviy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.