O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga Jalaquduq tumanidan saylangan deputat Oybek Yuldashev Jalaquduq tumanida bo`ldi.
Deputat tumandagi maktabgacha ta`lim muassasalarida, oilaviy shifokorlik punktlarida, mahalla fuqarolar yig`inlarida hamda tadbirkorlik ob`ektlarida bo`lib, ularning faoliyati bilan tanishdi. Xududlardagi aholi vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oybek Yuldashevga viloyat va tuman Kengashi deputati Qo`ziev Qobiljon hamrohlik qildi.