Prezident maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat, “El-yurt umidi” stipendiatlari, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari, Milliy dastur ishtirokchilari, chet elda ta’lim olgan yoshlar yagona platformaga birlashtiriladi.
Ularning o‘zaro tajriba almashinuvi va hamkorligi rag‘batlantiriladi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan, mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan, islohotlar jarayonida ilg‘or tashabbuslari, fidoyiligi va namunali faoliyati bilan ajralib turgan mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida Hamjamiyat doirasida “Yangi O‘zbekiston poydevorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati D.Oxunjonova