Xalqaro hamkorlik: ta'lim sifati yo‘lida yangi imkoniyatlar
Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Bu borada universitetning Xitoy Xalq Respublikasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Northwest A&F University (Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti) bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro shartnoma asosida universitetimiz professor-o‘qituvchilari malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Mazkur dastur doirasida xorijiy tajribalar o‘rganilib, ta’lim jarayoniga zamonaviy va innovatsion yondashuvlar tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi.