Новости

Кенгаши

Пп
Вт
Ср
Чт
Пт
Сб
Вс
24 январ 2026

MUNOSABAT

imgDavlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev jaroiy yilning 22-yanvar kuni Shveytsariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtgan tadbir doirasida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi. Mazkur tashabbus global miqyosda tinchlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlik va oʻzaro ishonchni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda. Oʻzbekiston tinchlik va barqarorlik yoʻlidagi saʼy-harakatlarini izchil davom ettirmoqda. Zomin tuman Kengashi deputati M.G‘oibnazarov
15 январ 2026

Energiya samaradorligini ta’minlash va energetika sohasini rivojlantirish

imgDavlat rahbari raisligida energiya samaradorligini oshirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish hamda energetika bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, energetika bozorida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va soha boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Davlat rahbari tomonidan sohada aniq natijaga yo‘naltirilgan tizimli ishlarni kuchaytirish, energiya resurslaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Y.Safarov O'zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman Kengashi raisi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

imgNavbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tadbirlar samaradorligi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda raqamlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, 2026-yilda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish va aholining tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
14 январ 2026

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

imgO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Deputat o‘z nutqida Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy sharoitlar yaratish, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvda Murojaatnomada ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha bildirilgan takliflar e’tiborga olindi.

Tuman Kengashi deputatlari kutubxonada

imgTuman Kengashi deputatlari Y.Safarov va L.Mustafakulovalar Zomin tuman marakziy axborot kutubxonasi faoliyati bilan tabishdi. Tashrif davomida deputatlarga kutubxonaning yangi adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasi, elektron resurslar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yaratilgan qulay sharoitlar, yoshlar va o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar, kutubxona xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Deputatlar kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi va zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar uchun yanada jozibador maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar. Kitobxonlikni rivojlantirish — ma’naviy taraqqiyot garovi!