Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati N.Choriyeva tomonidan tumanning “Qurama” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat o‘rnatilishi qayd etildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati