Новости

Последние новости

янв.21
Memorandum
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Uchrashuv
янв.21
XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMAN KENGASHI SESSIYASI
янв.21
Хонқа туман тиббиёт бирлашмасида коррупциявий омилларни бартараф этиш борасида амалга оширилган ишлар ҳақида
янв.21
Maktablarda sifatli ta'limni tashkl qilish yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan 19-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi jarayonlardan lavxalar
янв.21
📌Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Partiyaning ustuvor vazifalari haqida davra suhbati
янв.21
O'zLiDeP Хонқа туман Кенгаши ташаббуси билан тумандаги 27-сон мактаб биносида “Фаровон оила” лойиҳаси доирасида 25 ноябрь - Халқаро аёлларга нисбатан зўравонликка қарши кураш куни муносабати билан “Биз зўравонликка қаршимиз!” шиори остида тадбир ташкил этилди.
янв.21
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Bogʻot tumani va Xonqa tumani Kengashi va yosh deputat A.Odamboyeva tashabbusi bilan “Kuzgi eko-sayohat” shiori ostida ekologik ekskursiya tashkil etildi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashining VII-chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Bugun Dehqonobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining VII-chaqiriq 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
qonun ustuvorligini ta’minlash hamda aholi xavfsizligi va farovonligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
 

  Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi PQ-44-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi. Unda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallalarda yashash sharoitlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ta’kidlanganidek, mazkur qaror ijrosi tumanni har tomonlama rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 

  Shuningdek, sessiyada Majburiy ijro byurosi Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. Unda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarzdorliklarni
undirish hamda ijro intizomini mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishda samaradorlikni
yanada oshirish, ijro jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
 

  Navbatdagi masala yuzasidan tumanda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umumilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Hisobotda avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakat
muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida qayd etildi. Mazkur yo‘nalishda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanish va yo‘l harakati madaniyatini oshirish muhim vazifa sifatida belgilandi.
 

  Sessiya davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan islohotlar va hududiy dasturlar ijrosini samarali tashkil etish, davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini
mustahkamlash hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bundan buyon ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi.
  

Slide 1 of 9