Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 17-«Bekto‘pi» saylov okrugi deputati Xusainov Alisher Abduvaxabovich tomonidan olib borilgan deputatlik nazorati doirasida Bekto‘pi mahallasidagi 3–7-sonli ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismida muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.
Aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan mazkur ishlar davomida 50 pogon metr issiq suv quvurlari ta’mirlanib, tizimning uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishi ta’minlandi.
Hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunday amaliy ishlar deputat nazorati ostida izchil davom ettirilmoqda.