35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Murojaatlar va hudud obodligi e’tibor markazida

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari D. Ibragimov va A. Alisherov tomonidan Jarqo‘rg‘on hamda Yangi Davr mahallalarida aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqildi.

❗️Tashrif davomida ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, mahallalar hududidagi ko‘chalarning sanitariya holati va tozaligi ham ko‘zdan kechirildi.

📍 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga ma'lumotlar taqdim etildi.

Slide 1 of 1