Shu doirada Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi Sh.Dadaboyev hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nazirov ishtirokida Kokilon MFYda yashovchi fuqaroning oilaviy nizo sababli uy-joy masalasida qilgan murojaati o‘rganildi.
📍Murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish va tegishli choralarni belgilash maqsadida soat 15:00 da shahar IIB bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla faollari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish tashkil etish rejalashtirildi.
🤝Murojaatlarning har birini e’tibordan chetda qoldirmasdan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.