35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ko‘chada aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv quvurlari tortilishiga qaramasdan, ular hozirgi kunga qadar asosiy magistral suv tarmog‘iga ulanmagan.
Shu sababli ko‘cha aholisi tortilgan tarmoqdan amalda foydalana olmayapti va ichimlik hamda maishiy ehtiyojlar uchun suv ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda, ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovida:
suv quvurlarining asosiy magistral tarmoqqa nima sababdan ulanmaganligi;
muammoni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
ushbu ishlarning amalga oshirilish muddatlari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda yozma axborot taqdim etish so‘raldi.
Mazkur masala ijrosi deputatlik nazoratiga olingan bo‘lib, tegishli javoblar va amaliy natijalar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Slide 1 of 1