35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#so'rov #nazorat

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Mardona Ergashova tomonidan shahar hokimi o‘rinbosariga qonun talablariga asosan deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Muammo nimada? “Toshkent” mahallasi, Hamid Olimjon koʻchasida joylashgan qurilishi tugallanmay (chala bitgan holatda) qolib ketgan obyekt atrofi ochiq qolgan. Bu holat hududda baxtsiz hodisalar kelib chiqishi xavfini tug‘dirmoqda.
⚠️ Talab: Fuqarolar, ayniqsa, yosh bolalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu obyekt atrofini zudlik bilan xavfsiz toʻsiqlar (devor) bilan oʻrash ishlarini tashkil etish so‘raldi.

Masala ijrosi deputat nazoratida.
Mas'ul: M.Nematullayeva