✅Kun tartibida quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1. Olmaliq shahrida “Olmazor tajribasi” asosida tashkil etilgan loyiha guruhining “yo‘l xaritasi”ga muvofiq 2026-yilda amalga oshiradigan chora-tadbirlar taqdimoti to‘g‘risida.
2. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-37-16-10-147-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar hokimining birinchi o'rinbosari Shermuhammad Begiyevning hisoboti tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mazkur masalalar shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.