KUNLIK ISH REJASI ASOSIDA TIZIMLI FAOLIYAT
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratova tomonidan 2026-yil 28-iyul kuni belgilangan ish rejasiga muvofiq kun davomida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda hududlardagi mavjud masalalarni joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlar hamda hujjatlar bilan ishlash;
🔹 Kengash kotibiyati xodimlari o‘rtasida kunlik vazifalarni taqsimlash;
🔹 29-saylov okrugi hududidagi Galatut va Tukboy mahallalarida joyiga chiqib o‘rganishlar olib borish;
🔹 Navbatdagi sessiya materiallari, doimiy komissiyalar hujjatlari va qaror loyihalarini tayyorlash;
🔹 Aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlarini rasmiylashtirish hamda Kengash faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish ishlari kun tartibidan o‘rin olgan.