DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati H.F. Ziyadullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ–940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ–1109-son Qonuni ijrosi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
📝 Javob xatida qayd etilishicha, ayni paytda tumanda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy dastur loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Unga ko‘ra:
🔹 elektr energiyasi iste’moli va mavjud holat chuqur tahlil qilinmoqda;
🔹 energiya yo‘qotishlarini kamaytirish hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar shakllantirilmoqda;