Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevichning topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani Kengashi raisi T.Kungratbaev “Obod makon” MFY 7-Nukus saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
🌿 O‘rganish davomida hududni chiqindilardan tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda mahallaning sanitariya holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarning borishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
💬 Mutasaddilar bilan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi yuzasidan fikr almashilib, obodonlashtirish tadbirlarini izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📄 O‘rganish yakunlari hamda aniqlangan holatlar yuzasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisiga tegishli ma’lumot kiritilishi belgilandi.