35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#Hokim_va_Kengash_hamkorlikda #Murojaat_va_ijro

"Qumpaykal" mahallasi aholisi tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Akrom Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, masala joyida ijobiy hal etildi

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda xalq manfaatlarini ta’minlash davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi

Zero, xalq roziligi — amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim mezonidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 7