35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Dolzarb 90 kunlik doirasida!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tashabbusi bilan yoshlar va mahalla aholisining mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish maqsadida madaniy tadbir o‘tkazildi.

Andijon pedagogika texnikumi o‘qituvchisi Mohimir Mamatxonova boshchiligida musiqa yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan shahrimizdagi Taxtako‘prik MFY aholisi uchun kuy-qo‘shiqlar va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbir davomida mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar ko‘tarinki kayfiyatda madaniy hordiq chiqardilar hamda iste'dodli yoshlarning ijodiy chiqishlarini iliq kutib oldilar.

Bunday madaniy-ma'rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mahallalarda ijobiy muhitni mustahkamlash va aholining madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6