35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#haftalik_ish_reja #Kengash_raisi_faoliyati #deputat_faoliyati #uyma_uy_yurish 🗣Inson qadri: 7-bosqich “Ayollar daftari”dagi uy-joy ta’miriga muhtoj xotin-qizlarning yashash sharoitlari xonadonbay o‘rganildi!

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Termiz shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Raxmonova hamkorlikda 7-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan, yashash sharoitini yaxshilashga va uy-joyini ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, mavjud holatni bevosita joyida o‘rgandilar.

💬Mas’ullar xonadonbay yurish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning yashash sharoitlarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdilar:

🟢Uylarning texnik holati: Uy-joylarning tom qismi, devorlari, pol hamda muhandislik-kommunal tarmoqlarining bugungi holati;

🟢Ehtiyojmandlik darajasi: Har bir xonadondagi muammo alohida tahlil qilinib, ta’mirlash ishlarining qay darajada kechiktirib bo‘lmasligi baholandi;

🟢Samimiy muloqot: Ayollar bilan dildan suhbatlashilib, ularning boshqa ijtimoiy muammolari, sog‘lig‘i va farzandlari tarbiyasi borasidagi dardu tashvishi tinglandi.

💬"“Ayollar daftari” — bu shunchaki ro‘yxat yoki statistika emas. Bu — hayotda suyanchi bo‘lmagan, og‘ir ahvolda qolgan opa-singillarimizning boshpanasini shinam, issiq va xavfsiz qilish, ularga umid va ishonch qaytarish tizimidir. Biz har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his qilgan holda, ayollarimizni qo'llab-quvvatlash choralarini ko'ramiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘tkazilgan xonadonbay o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha har bir xonadonning texnik va ijtimoiy holati yuzasidan tahliliy xulosalar qilinib, aniqlangan uy-joy muammolariga qisqa fursatda manzilli va amaliy yechim topish hamda qurilish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash masalasi ishchi guruh tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2