Новости

"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat

Chortoq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati I.Sattarov va Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashi Ekspert guruh a’zolari tomonidan "Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat yuritayotgan sport to‘garaklarida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida maktabdagi mavjud holat, to‘garak ishlarning sifati va samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Maktabdagi to‘garak ishlari yoshlar uchun sport bilan shug‘ullanishiga qulay sharoitlarini yaratish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkakazish hamda ijtimoiy muhitini yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3