Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalar ijrosi hamda belgilangan topshiriqlarning bajarilish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida soliq tushumlarini ta’minlash, soliq qarzdorligini kamaytirish, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash hamda fuqarolarga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni aniqlash, soliq sohasidagi vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!