QONUN IJROSI O‘RGANILDI
«Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi.O‘rganish doirasida xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Sarbozor mahallasida bo‘lib, oilaviy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Oila tomonidan ko‘chat yetishtirish, chorvachilik, asalarichilik va parrandachilik yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, faoliyatni yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va oilaviy daromadlarni oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.