Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputati Jabbarov Jamshid Adashovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-14-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi amalda qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur qaror va biriktirilgan tashkilotlar mas’uliyatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Obod Vaxshivor” mahallasida bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy tadbirlar olib borildi.
🚜 AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA NATIJALAR:
·🛣 Infratuzilmani yaxshilash: Mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati ko‘zdan kechirilib, rejadagi ko‘chalarga zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tarzda amalga oshirildi;
·🔍 Nazorat va mas’uliyat: Qarorda nazarda tutilgan ustuvor masalalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirildi;
·🤝 Aholi roziligi: Yaratilayotgan ushbu qulayliklar mahalliy aholi va saylovchilarning uzog‘ini yaqin qilish hamda turni qulaylashtirishga xizmat qiladi.
Tuman Kengashi va deputatlik nazorati doirasida hududlardagi obodonlashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz