Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik deputat nazoratida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining "14-Chaqar" saylov okrugi deputati Sh.Raxmonov tomonidan Chaqar mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida ushbu mahallada joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan ta’lim muassasasining isitish tizimi, issiqlik tejamkorligi va mavsumga tayyorlik darajasi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsumni bexatar o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.