Deputat nazorati: Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi 8-Istiqlol saylov okrugi deputati Gulsevar To'rayeva "Istiqlol" mahallasida bo‘lib, ushbu hududdagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi ehtiyojmand oilalar, keksalar va ko‘makka muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda manzilli yordam ko‘rsatish tizimining yo‘lga qo‘yilgani ko‘rib chiqildi.