Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan "Qorasuv" MFY ijtimoiy xodimining faoliyati o‘rganildi.
🖋O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, "Yagona ijtimoiy reyestr" axborot tizimiga kiritilgan fuqarolar soni hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam choralari tahlil qilindi.
📖Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazilishi, uy-joyi ta’mirlangan fuqarolar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yuritilishi hamda hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!