#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
👥 DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-“Yangiturmush” saylov okrugi deputati S.Eshonqulov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan 1-son Texnikumda deputatlik nazorati olib borildi.
🔹 Tashrif davomida texnikum rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim muassasasining faoliyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud sharoitlarni yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌 Deputatlik nazorati — hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va muammolarni amaliy hal etishga ko‘maklashishning muhim vositasidir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube