Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi rahbariyati Yangi yo‘l MFY “yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Qonunlar taqsimoti doirasida tuzilgan so‘rovnomalar asosida: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida Do‘stlik MFY “yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabovlar deputat sifatida o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda hududda tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
янв.21
Uzun tumani hokimi X.Sh.Bozorov deputat sifatida fuqarolar bilan uchrashdi: muammolarga manzilli yechim topilmoqda
янв.21
Guliston mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Bahoriston MFYda muhim o'rganishlar olib borildi
янв.21
Uzun tumanida "Tashabbusli budjet"ning 2026-yil 2-mavsum g‘olib loyihalari tasdiqlandi!
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Guliston MFYda ham o'rganishlar davom etdi
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi haftalik DAYJESTI ( 14-19- SENTABR)
LUTFIY MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna tomonidan Lutfiy mahallasida yangi o‘rnatilayotgan bolalar maydonchasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bolalar maydonchasini o‘rnatish jarayoni, bajarilgan ishlar va hududning obodonlashtirish holati bilan tanishildi. Hozirgi vaqtda maydonchada rezina qoplama yotqizish, yakuniy obodonlashtirish va ayrim qurilish-montaj ishlarini bajarish lozimligi aniqlandi.
Deputat tomonidan bolalar maydonchasiga zarba yutuvchi, xavfsizlik talablariga javob beradigan rezina qoplama o‘rnatish, o‘rnatilayotgan jihozlarning mustahkamligi va xavfsizlik holatini ta’minlash, qurilish-montaj ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni obodonlashtirish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va takliflar berildi.
Shuningdek, bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy dam olish muhitini yaratish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3