35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Oqbuloq mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov tomonidan Oqbuloq mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi bilan birgalikda mahalladagi ishsiz yoshlarning holati xonadonma-xonadon yurib o‘rganildi. Yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Aniqlangan muammo va takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 7