35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati Sulaymonov Anvar Abdaliyevich tomonidan Alamli mahallasida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘tarilgan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Murojaatda Alamli mahallasidagi Oybek ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqizish masalasi ko‘tarilgan.
Deputatlik so‘rovi natijasida mazkur ko‘chada amaliy ishlar olib borilib, Oybek ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqizildi.
Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan mazkur ishlar deputatlik so‘rovlarining amaliy natijasi sifatida amalga oshirildi.
Aholi murojaati — e’tiborda, deputat so‘rovi — amalda!

Slide 1 of 3