35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilmoqda
янв.21
Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
TIBBIYOT MUASSASALARIDA PULLI XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
"Do'stlik" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
MUSTAQILLIK VA SPORT: YUTUQLAR VA ISTIQBOLLAR
#biriktirilgan_tashkilot #162_qonun

Bugun tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Kambariddinova, Ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar bilan ishlash inspektori N. Xamroyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh. G‘afforov ishtirokida tumandagi 50 ta mahallada xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, ayniqsa, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni chuqur o‘rganishda tuman Kengashi deputatlarini ham faol jalb etish, amalga oshiriladigan ishlarni aniq reja-grafik asosida tashkil etish va natijadorlikni muntazam tahlil qilib borish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.

Slide 1 of 1