Новости

Последние новости

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi Maktabdagi ta’lim sifati va moddiy-texnik baza o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_Kengash_ish_rejasining_ijrosi
Maktabdagi ta’lim sifati va moddiy-texnik baza o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “18-Shoqishloq” saylov okrugidan saylangan deputati F.Yusupov, tuman Kengashi huzuridagi “Ekspertlar guruhi” a’zosi M. Normo‘minova hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan deputat okrugidagi “Daragiston” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning darsliklar bilan ta’minlanganlik holati hamda ta’lim sifatini oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlash holati, mavjud darsliklarning soni, ularning saqlanishi va foydalanish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning zarur darslik va o‘quv adabiyotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, maktabda musiqa fanini o‘qitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlanganlik darajasi, mavjud cholg‘u asboblarining holati va ulardan o‘quv mashg‘ulotlari hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlashilib, mavjud muammolar, ehtiyojlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni musiqa va san’atga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda maktabning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya berildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 1