Xalq bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Zamira Raximova Bog‘zor mahallasi binosida mahalla ijtimoiy xodimi Xolmatova Iroda bilan hamkorlikda navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonuniy hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda ijtimoiy masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.