Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Romish mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🔹Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar, obodonlashtirish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🔹Uchrashuvda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha murojaat va takliflarini bildirib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan deputatga bevosita murojaat qildilar.
🔹Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
📌 Saylovchilar bilan bunday ochiq muloqotlar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarga yechim topish va deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.