35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish uchun tuman Hududgaz ta'minot tuman filiali raxbari hamda Suvoqova tuman filiali rahbarlariga so'z navbati berildi.
янв.21
TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR TARBIYASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
NAVRO'Z MAHALLASIDA MAHALLA "YETTILIK" FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Uzun tumanida deputatlar tashabbusi bilan ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
"MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot bilan kotibiyat hamkorligi
янв.21
Sessiya oldidan masalalar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 19-sessiyasi o‘z ishini yakunladi.
янв.21
Mahalla faoliyati — “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tahlil qilindi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#nazorat_tahlil

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Xo'jayipok" mahallasida "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi hamda Ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida 162 ta Qonunlar ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahalla darajasida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 10-Xo'jayipok saylov okrugidan saylangan deputat M.Omonullayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Xo'jayipok" MFYda bo‘lib, Ijtimoiy xodimning ish faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandi.

Monitoring O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari va sohaviy savolnomalar asosida olib borildi.

Tashrif davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan o‘zaro hamkorlik holati atroflicha tahlil qilinib, soha mas’uliga tegishli ko‘rsatma va amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3