35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
YOSHLAR — KELAJAGIMIZ!
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kunlaridan boshlab ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi saylov okruglarida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Yoshlar_maslahat_guruhi Aholi salomatligi — deputat nazoratida

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala #_Yoshlar_maslahat_guruhi
Aholi salomatligi — deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “20-So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputat T.Mirzaev, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorovlar tomonidan “Shirin” mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7–13-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi 64-sonli oilaviy poliklinika faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish holati, tibbiy xizmatlarning sifati va aholi uchun qulayligi, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotlar davomida poliklinika xodimlarining ish faoliyati, aholi murojaatlari va ularni qiynayotgan masalalar ham o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, oilaviy poliklinika xodimlari tomonidan patronaj xizmatini sifatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan patronaj sumkalarini yetkazib berish, muassasada mavjud ultratovush tekshiruvi (UZI) apparatidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda mazkur uskunada ishlash uchun tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan malakali xodim ajratish masalalari bo‘yicha takliflar bildirildi.
Bildirilgan takliflarning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Deputatlik nazorati doirasida bunday o‘rganishlarning muntazam tashkil etilishi hududda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish hamda fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Aholi salomatligi — yuksak qadriyat. Shu bois tibbiy xizmatlar sifati va aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 2