35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
YOSHLAR — KELAJAGIMIZ!
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kunlaridan boshlab ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi saylov okruglarida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova “Qaytarma” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va “mahalla yettiligi” bilan birgalikda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarligi hamda talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi. Unda yangi o‘quv yilini munosib boshlash, talabalar turar joylarining tayyorgarligi, yoshlarni turar joy bilan tezkor ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Jamila Shermuhammedova universitetdagi mas’ullar bilan birgalikda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, turar joylarga joylashtirish jarayonlari hamda bu borada faoliyat yuritayotgan shtab ishini ko‘zdan kechirdi. Monitoring natijalariga ko‘ra, universitet yangi 2026/2027-o‘quv yiliga har tomonlama tayyor holatga keltirilgani qayd etildi.

🏢 Bugungi kunda universitetda jami 3 200 o‘rinli 7 ta talabalar turar joyi mavjud. Shundan Muqimiy ko‘chasidagi 5 ta TTJ 1 600 o‘ringa, Oqtepa hududidagi TTJ 400 o‘ringa, davlat-xususiy sheriklik asosidagi yana bir talabalar turar joyi esa 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan.

🛠 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida talabalar turar joylarida zarur joriy ta’mirlash ishlari yakunlangan. Binolarda sanitariya va xavfsizlik talablarini ta’minlash maqsadida dezinfeksiya, dezinseksiya hamda deratizatsiya ishlari ham amalga oshirilgan. Shu tariqa, talabalarni qabul qilish va ularning yashashi uchun tegishli sharoitlar hozirlangan.

📲 Talabalarni TTJlarga joylashtirish jarayonini qulay va shaffof tashkil etishga ham e’tibor qaratilgan. Talabalar uchun yashash bo‘yicha to‘lov shartnomalarini axborot tizimi orqali shakllantirish, jumladan, QR-kodli to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan. To‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi mas’ullar tomonidan muntazam monitoring qilinmoqda.

🏠 Talabalar turar joyiga ehtiyoji bo‘lgan yoshlarni muqobil yashash joylari bilan ta’minlash bo‘yicha ham tizimli ishlar tashkil etilgan. Universitet tyutorlari tomonidan jami 4 830 nafar talaba uchun ijara joylari bazasi shakllantirilgan. Shundan 4 320 tasi ijara xonadonlari, 510 tasi esa oylik ijara asosida faoliyat yurituvchi mehmonxonalardagi joylardan iborat.

📍 Mazkur bazaga ijara beruvchilar va turar joylar haqidagi zarur ma’lumotlar, xususan, manzil, joylashuv lokatsiyasi hamda mavjud bo‘sh o‘rinlar soni kiritilgan. 2026/2027-o‘quv yilida 2 800 nafargacha talabani ijara xonadonlariga joylashtirish rejalashtirilgan.

📉 O‘rganish jarayonida Jamila Shermuhammedova mas’ullar bilan talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashib, ayniqsa, boshqa hududlardan keladigan yoshlarning turar joy masalasini tezkor va tizimli hal etish, ularning xavfsiz va munosib sharoitlarda yashashini ta’minlash muhimligiga e’tibor qaratdi.

🔺 Mazkur monitoring mahalliy Kengash deputati faoliyatining yoshlar masalalarini o‘rganish, ularning ta’lim olishi uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish hamda hududdagi muhim ijtimoiy obyektlar faoliyatini bevosita joyiga chiqib o‘rganish kabi ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohangdir.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni joyiga chiqib o‘rganish orqali talabalarni turar joy bilan ta’minlash, TTJlardagi sharoitlar va yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8