Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar va mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Maxram ko‘chasi 3-uy, 28-xonadonda yashovchi fuqaro Sultonov Shaxriyor ko‘zini jarrohlik yo‘li bilan davolashda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, fuqaroning davolanishiga ko‘maklashish masalasida Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi