Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 Xususan, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘linmasi tomonidan 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
O‘rganish jarayonida:
🔹 ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
🔹 mafkuraviy hurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida hamjihatlikda kurashish;
🔹 oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash;
🔹 ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinmoqda.
💬 Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganilmoqda.
📑 O‘rganish yakunlari navbatdagi sessiyada mazkur masalani ko‘rib chiqishda inobatga olinadi.