35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Iste’mol krediti – fuqarolarning moliyaviy manfaatlarini himoya qiluvchi muhim huquqiy mexanizm
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Chaqаr mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladi.
янв.21
Kengash raisi dasturlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Kengash raisi Chaqаr mahallasidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi
янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📋 “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA SAVOLNOMA ISHLAB CHIQILDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish bo‘yicha savolnoma ishlab chiqildi.

🤝 Mazkur ishda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov, “Adolat” SDP Sherobod tumani Kengashi raisi Q. Allanazarov hamda “Madad” NNT vakillari ishtirok etdilar.

📑 Ishlab chiqilgan savolnomada korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish kabi muhim masalalar qamrab olindi.

🔎 Shuningdek, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vakolatlari hamda o‘zaro hamkorligi yuzasidan o‘rganish mezonlari belgilab olindi.

📋 Mazkur savolnoma asosida keyingi o‘rganish obyektlari kelishib olindi. O‘rganishlar davomida qonun talablarining amalda bajarilishi, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

📌 Aniqlangan masalalar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashiga taqdim etilishi hamda kelgusida deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinishi belgilab olindi.

🤝 Mazkur amaliy ishlar qonunlar ijrosini savolnoma asosida tizimli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4