35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
YOSHLAR — KELAJAGIMIZ!
янв.21
Organik mahsulotlar — sog‘lom hayot va ekologik xavfsizlik garovi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva tashabbusi bilan tumandagi umumta’lim maktablarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining ilk kunlaridan boshlab ta’lim jarayonlari hamda o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yoʻnalishi asosida 15-dehqon saylov okrugiga qarashli "Dehqon" mahalla fuqarolar yigʻinida hududiy oʻrganishlar olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi saylov okruglarida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Uzun tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning amaliy natijalari
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev tuman hududidagi 20-Ulanqul saylov okrugida bo'lib, joylardagi ahvol, aholi muammolari hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.
янв.21
Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi
TADBIRKORLIK, YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLIY IMKONIYATLAR DEPUTAT NAZORATIDA


Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, 8-Maorif saylov okrugi deputati Abidov Behzod Muxamatovich va kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova tomonidan Maorif mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Maorif mahallasida ayni paytda 6210 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1606 ta oila va 1029 ta xonadon mavjud bo‘lib, 0–30 yoshdagi yoshlar soni 2582 nafarni tashkil etadi.

O‘rganish davomida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga yo‘naltirish borasidagi ishlar ham tahlil qilindi. Jumladan, 1620 nafar yosh sportning 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlariga jalb etilgan. 3 nafar yosh Raqamli texnologiyalar markazida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan bo‘lsa, 7 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitilgan. Shuningdek, 6 nafar yosh xorijiy tillarni o‘rganish kurslariga jalb etilgan.

Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 3 nafar yoshga nonvoychilik va tikuvchilik yo‘nalishlarida faoliyat olib borishi uchun imtiyozli kredit ajratilgan.

Deputatlik nazorati doirasida hududdagi yangi tashkil etilgan “Rajabova Osiyo” YATT faoliyati ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan bir nechta yo‘nalishda xizmatlar yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga molik. Jumladan, yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish, notarius xizmati, Paynet hamda tezkor pochta xizmatlari kabi yo‘nalishlarda faoliyat tashkil etilgan.

Eng muhimi, mazkur tadbirkorlik faoliyati natijasida 15 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, Maorif mahallasidagi yoshlar ham ushbu o‘quv kurslariga jalb etilib, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

O‘rganish jarayoni shuni ko‘rsatmoqdaki, deputatlik nazorati faqat mavjud holatni o‘rganish bilan cheklanmaydi. Uning asosiy mazmuni hududdagi muammolarni aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar va zamonaviy bilimlarga yo‘naltirish hamda aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalarini deputatlik nazorati asosida o‘rganish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5