❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Abduraxmonov Nodirjon Tursunboyevich "Asalobod" mahallasida bo‘lib, "mahalla yettiligi" a’zolari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
✅Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, profilaktika ishlari, bandlik, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📌Shuningdek, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish, mas’ul tashkilotlar bilan o‘zaro hamjihatlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.